Python 2-dars

Python 2-dars

Python | 1278 | 2021-11-14 07:35:22

Pythonda maʼlumotni konsoldan oʻqib olish uchun input() funksiyasini ishlatamiz. Masalan:

a = input() # a oʻzgaruvchisi konsoldan oʻqilgan qiymatni oʻzlashtiradi

Oʻzgaruvchilarni avtomatik turi aniqlanadi deb aytib oʻtdik. Ammo turi har xil boʻlgan ustida amal bajarib boʻlmaydi. Bunda bir turdan boshqa turga oʻtishimiz kerak boʻladi. Buning uchun bizda bir nechta funksiyalar bor. Bular:

  • Int - boshqa turdan raqamli (butun son) turiga oʻtish
  • Float - boshqa turdan raqamli (haqiqiy son) turiga oʻtish
  • Str - boshqa turdan matnli turga oʻtish

Bularni amalda qoʻllab koʻramiz:

a = "56" # matnli tur
b = int(a) # b endi a oʻzgaruvchini raqamli koʻrinishi

Pythonda haqiqiy sonni butun songa yaxlitlab oʻtkazish kerak. Buning uchun bizda round funksiyasi mavjud. Amalda koʻramiz:

a = 0.6
b = round(a) # b ning qiymati endi 1

Bundan tashqari eng yaqin katta va eng yaqin kichik songa yaxlitlamoqchi boʻlsak, pythondada global math kutubxonasi mavjud. Shundan foydalanamiz. Bizga kerak funksiyalari:

  • Floor - eng yaqin kichik songa yaxlitlaydi
  • Ceil - eng yaqin katta songa yaxlitlaydi

Amalda koʻramiz:

import math # math kutubxonasini chaqirib oldik
a = 1.4
b = math.floor(a) # b ning qiymati 1 (floor ishlatdik)
c = math.ceil(a) # c ning qiymati 2 (ceil ishlatdik)

Doʻstlarga ulashish:

Izlash
Bo'limlar