Python 1-dars

Python 1-dars

Python | 1179 | 2021-11-14 07:01:51

Python sintaksisi katta va kichik lotin harflari, raqamlar, belgilar, qavslardan iborat.

Pythonda 1 qatorli izoh uchun panjara (#) belgisi, koʻp qatorli izoh uchun esa 3 ta qoʻshtirnoq (") ishlatiladi. Misol uchun:

# bir qatorli izoh
""" Koʻp qatorli
Izoh """

Oʻzgaruvchilar oʻzida qiymat saqlab turadigan vosita hisoblanadi. Oʻzgaruvchilarni nomlashda 1-harf raqam yoki _ dan boshlanishi kerak. Katta va kichik registr farq qiladi. Masalan: salom, Salom farqli oʻzgaruvchilar. Pythonda oʻzgaruvchiga qiymat berishda uning turi (matnli, raqamli) belgilanmasa ham boʻladi va python avtomatik tarzda kiritilgan maʼlumot turini aniqlab oladi.

Qiymat berish operatori barobar (=) belgisi orqali qoʻllaniladi. Amalda koʻramiz:

Matn = "Tekst" # matnli qiymat
Raqam = 16 # raqamli qiymat

Bir oʻzgaruvchiga qayta qiymat berilsa u eski qiymatni "unutib" yangisini "eslab" qoladi.

Pythonda maʼlumotni ekranga chiqarish operatori print hisoblanadi. Bu operatorni ishlatib tushunib olishimiz mumkin:

value = "salom"
print(value) # salom chiqariladi
print(value*2) # salom soʻzi 2 marta chiqadi
print(value, " dunyo") # salom dunyo chiqadi

Doʻstlarga ulashish:

Izlash
Bo'limlar