Php 1-dars

Php 1-dars

Php | 1624 | 2021-11-13 10:37:22

Php dasturlash tili sintaksisi katta va kichik lotin harflari, raqamlar, belgilar, qavslar va matematik amal belgilaridan iborat.

Php dasturlash tilida asosan veb ilovalarni yaratish uchun foydalaniladi, ammo hozir telegram bot yaratish uchun ham dasturchilar tomonidan qo'llanilmoqda.

Php dasturlash tilida bir qatorli izoh (ikkita slesh //) va ko'p qatorli (slesh va yulduzcha /* */)  izoh turlari mavjud.

Php dasturlash tilida ekranga ma'lumot chiqarish uchun echo, print kabi funksiyalar mavjud va konsoldan ma'lumotni o'qib olish uchun readline funksiyasi mavjud.

Php dasturlash tilida kod <?php qatori bilan boshlanishi kerak.

Php dasturlash tilida qator, funksiya yoki o'zgaruvchi nuqtali vergul (;) bilan tugallanishi va o'zgaruvchilar dollar ($) belgisi bilan boshlanishi kerak. Oʻzgaruvchilar oʻzida qiymat saqlaydigan vosita hisoblanadi va unga nom berishda 1-simvol katta yoki kichik harf, _ dan boshlanishi mumkin. Oʻzgaruvchilarni nomlashda katta va kichik registr farq qiladi. Masalan: $salom, $Salom bir xil oʻzgaruvchi emas.

Hello world yozib ko'ramiz:

<?php
// birinchi php kodimiz
echo "Hello world";

Boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda php dasturlash tilida o'zgaruvchilarga qiymat berganda uning turini avtomatik tanlanadi:

<?php
$a = 12; // avtomatik raqamli qiymat
$b = "Salom"; // avtomatik matnli qiymat
$c = true; // avtomatik mantiqiy qiymat

Php dasturlash tilida bir o'zgaruvchiga qayta qiymat berilsa u eski qiymatni "unutib" yangi qiymatni "eslab" qoladi.

Doʻstlarga ulashish:

Izlash
Bo'limlar