MySQL 1-dars

MySQL 1-dars

MySQL | 388 | 2021-11-11 09:00:38

Eng avvalo isp managerda yangi MySQL baza yaratib olamiz:

Yaratgan bazamizni tanlab "Go" tugmasini bosamiz:

Bu yerda biz PhpMyAdminga yo'naltirilamiz! PhpMyAdmin bu - sql so'rovlarni amalga oshirish uchun qulay veb-interfeys!

Yaratgan bazamizni nomini topib tanlaymiz:

Endi ishlatishimiz uchun yangi table (jadval) yaratib olamiz. Name qismiga table nomini, Number of columns qismiga esa tableda nechta ustun bo'lishini kiritamiz (ustunlar sonini keyin o'zgartirsa bo'ladi).

Va "Go" tugmasini bosamiz:

Ustun nomini Name qismiga, ustun turini type qismiga, length qismiga ustunga qancha ma'lumot kiritish kerakligini yozamiz. Ustun turi agar qisqa matnlardan iborat bo'lsa VARCHAR tanlab lengthga qancha ma'lumot kiritilishini belgilaymiz! Agar uzun ma'lumot bo'lsa TEXT tipini tanlaymiz. Agarda raqam kiritilishi kerak bo'lsa INT tipini tanlaymiz:

Tablega yangi ustun qo'shish:

Bazani boshqarishimiz oson bo'lishi uchun id nomli ustun yaratilib unga AUTOINCREMENT (avtomatik 1 taga oshib boruvchi) primary key (yaratishda A_I qismida galochka qo'yamiz) qiymati berilishi shart:

Ustunlarni tanlab olgach "Save" tugmasini bosamiz:

Table muvaffaqiyatli yaratildi:

Insert bandida tablega ma'lumot qo'shishimiz mumkin:

id ustuniga (bundan keyin column deb yuritamiz) AUTOINCREMENT qiymat tanlaganimiz uchun hech qanday qiymat kiritmasak ham o'zi 1 tadan oshirib boradi.

Qolgan qiymatlarni istagandek kiritib "Go" tugmasini bosamiz:

Ma'lumot kiritildi va bizga kiritilgan ma'lumotni SQL so'rov taqdim etildi.

Ushbu kod keyinchalik php (yoki boshqa) dasturlash tilida qo'llaganimizda kerak bo'ladi:

Browse bandida kiritilgan ma'lumotlarni ko'rishimiz mumkin!

Ko'rib turganingizdek id avtomatik tanlandi:

Ushbu qismda ham SQL so'rov ko'rsatilyapti!

Bu yerda "Create PHP Code" tugmasi orqali SQL kodni phpda ishlatish uchun php kodni ko'rishimiz mumkin:

Doʻstlarga ulashish:

Izlash
Bo'limlar