Php 4-dars

Php 4-dars

Php | 1179 | 2022-01-01 22:13:30

Php dasturlash tilida massivlar bilan ishlash ishimiz sifatini yanada oshiradi! Masalan deylik 10 ta o'zgaruvchiga ma'lumotlarni alohida yozib chiqmaysizda bitta massivga yozib qo'yasiz. Massivlarni ikki xil ko'rinishda e'lon qilish mumkin!

<?php

$massiv1 = [
'salom', 'dunyo'
];

$massiv2 = array(
'salom', 'dunyo'
);

// $massiv1 va $massiv2 bir xil

$massiv3 = []; // ushbu massiv bo'sh massiv

Massivga qiymat berganda berilgan qiymatlar avtomatik indekslanadi. Masalan $massiv1 massivida 0-indeks salom, 1-indeks dunyoga teng. Endi massivdan ma'lumot olishni ko'ramiz!

<?php

$massiv = ['salom', 2]; // bitta massivda bir necha turni ishlatishimiz mumkin

echo $massiv[0]; // salom chiqadi
echo $massiv[1]; // 2 chiqadi

Massivga element qo'shishning ham 2 xil usuli bor:

<?php

$massiv = [];

$massiv[] = 2; // massivga 2 qiymat qo'shildi
array_push($massiv, 2); // massivga 2 qo'shildi

Massivdan ma'lumotni o'chirish uchun esa unset buyrug'idan foydalanamiz. Bunda massivni indeksi bilan ko'rsatishimiz kerak!

<?php

$massiv = [2,1];

unset($massiv[0]); // massivni 0-indeksdagi qiymati o'chirildi
var_dump($massiv);

Massivga o'zimiz indeks ham berishimiz mumkin. Keling raqam emas so'z orqali indekslaymiz:

<?php

$massiv = [
'salom'=>"dunyo" // salom indeksiga dunyo so'zi o'zlashtirildi
];

echo $massiv['salom']; // dunyo chiqadi

Yuqorida ishlatilgan var_dump() funksiyasi massivni chiroyli ko'rinishda ko'rsatib beradi. Massivni oddiy echo orqali ko'rsatib bo'lmaydi!

Doʻstlarga ulashish:

Izlash
Bo'limlar