Php 3-dars

Php 3-dars

Php | 1318 | 2021-11-16 19:15:08

Mantiqiy amallar turli dasturlash tillarida turlicha sintaksisda yoziladi. Masalan php dasturlash tilida:

  • && yoki and - mantiqiy ko'paytirish ya'ni va amali
  • || yoki or - mantiqiy qo'shish ya'ni yoki amali
  • ! - mantiqiy inkor amali

Matematik tekshiruv (katta, kichik, teng) amallari esa quyidagicha yoziladi:

  • == - tenglikka tekshiradi (faqat qiymat jihatdan)
  • === - tenglikka tekshiradi (qiymat va tur jihatdan)
  • !== - teng emaslikka tekshiradi
  • < - kichiklikka tekshiradi
  • > - kattalikka tekshiradi
  • <= - kichik yoki tenglikka tekshiradi
  • >= - katta yoki tenglikka tekshiradi

Dasturlash tillarida vazifani biror shartga qarab tekshirib olib, so'ngra bajarish uchun maxsus operatorlar mavjud.

Bularning eng soddasi if operatori hisoblanadi. If operatori berilgan mantiqiy ifoda (informatika kursidan hammamizga ma'lum) ni rostlikka tekshiradi.

Amalda ishlatib ko'ramiz:

<?php

$a = 5;
if($a == 5) // a 5 ga tengligi tekshirildi
echo "a o'zgaruvchi 5 ga teng"; // tekshiruv rost ekanligi uchun bu qism bajarildi

Agar bajariladigan qismda bir necha qator kod joylashgan bo'lsa ushbu qismni {} ichiga yozishimiz kerak bo'ladi. Masalan:

<?php

$a = 5;
if($a==5){
echo "a $a ga teng";
echo "rost";
}

Agar shart yolg'on qiymat qabul qilganda ham biror amal bajarilishini xohlasak else operatoridan foydalanamiz. Masalan:

<?php

$a = 6;
if($a == 5){
echo "rost";
}else{
echo "yolg'on";
}

Endi shartda murakkab mantiqiy mulohaza ishlatib ko'ramiz:

<?php
$a = 5;
$b = 4;
if($a === 5 and $b <= 4){
echo "Rost";
}else{
echo "Yolg'on";
}

Bundan tashqari tanlash operatori ham mavjud. Masalan kiritilgan qiymatga mos bir nechta natijalarni chiqarish kerak bo'lsa biz switch, case operatorlarini ishlatamiz.

Bunda tushunib olish uchun eng sodda hafta kunlar dasturini tuzib ko'ramiz:

<?php

$kun = 5;
switch($kun){
 case 1: echo "Dushanba"; break; // agar $kun 1 ga teng bo'lsa Dushanba so'zi chiqariladi
 case 2: echo "Seshanba"; break; // break so'zi agar rost bo'lsa shu yerda jarayon yakunlanishi uchun ishlatiladi
 case 3: echo "Chorshanba"; break;
 case 4: echo "Payshanba"; break;
 case 5: echo "Juma"; break;
 case 6: echo "Shanba"; break;
 case 7: echo "Yakshanba"; break;
 default: echo "Bunday hafta kuni mavjud emas"; // agar qiymat hech biriga mos kelmasa default ishlaydi va default so'nggi operatorligi uchun break shart emas
}

Doʻstlarga ulashish:

Izlash
Bo'limlar