Yopish

Mobil dasturchi – kelajak kasbi.

Bugungi kunda barcha bizneslarga mobil ilovalar, dasturlar kerak bo’ladi. Bu ularga tovar va xizmatlarning sotilishini tezlashtirish, daromadni oshirish, biznes tahlilini amalga oshirishda katta qulaylik va imkoniyat beradi.

Mobil ilovalar bozorida kelajakka yaxshi tahlillar bor: 2021-yilga kelib butun dunyo bo’ylab mobil ilovalarni yuklab olish soni 352 milliardga yetishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, mobil tijorat o’sishi kutilmoqda. 2019-yil oxiridan boshlab, eng yirik e-tijorat bozori hisoblangan Xitoyda m-tijorat (mobil smarfon orqali tijorat) rivojlanishni boshladi. Bugunga kelib 75 foiz elektron tijorat mobil qurilma orqali amalga oshirilmoqda va o’z o’rnida bu m-tijorat (m-commerce) sohasini tezkorlik bilan rivojlantirmoqda.

Statistik tahlillarga ko’ra foydalanuvchilar kompyuter oldidan ko’ra (41%) mobil qurilmalarida ko’proq vaqt sarflashadi (59%). Kelajakda bu ko’rsatkich yanada oshishi kutilmoqda, chunki mobil qurilmalar kundan kunga kuchli va yangi texnik imkoniyatlar bilan ishlab chiqarilmoqda.

Javob berish

Sizning emailingiz uchinchi shaxsga berilmaydi. Yulduzcha bilan ko'rsatilgan qismlarni to'ldirish majburiy *

© 2019-2020 E-soft.Uz | Hamdullayev Elbek | Shablon by E-soft.