Bekor qilish

Android operatsion tizimini kompyuterga o’rnatilishidan xabaringiz bormi?

Biz hayotimiz davomida ko’plab android telefonlarga ko’zimiz tushgan, ammo biror marotaba android o’rnatilgan kompyuterni ko’rganmisiz? Telefonlardagi android operatsion tizimini bemalol o’z kompyuteringizga o’rnatib olishingiz mumkian. Chunki android operatsion tizimi linux asosida ishlab chiqilgan bo’lib, xuddi linux kabi kompyuterga o’rnatiladi. Men o’zim yaqinda o’z shaxsiy kompyuterimga android 8.1.0 ni o’rnatib ko’rdim. Hech qanday xatoliksiz android tizimi ishladi (kompyuter parametrlariga qarab). Siz ham android operatsion tizimini internetdan yuklab olishingiz mumkin. Shunchaki Google’dan Android-x86 for pc deb izlang. Chiqqan ma’lumotlar asosida yangi versiyasini (xohishingizga qarab) yuklab oling.  Android operatsion tizimini kompyuterga o’rnatsangiz kompyuteringiz xuddi planshetdek ishlaydi. Ammo kompyuterda android tizimini ishlatishda biroz xatoliklar yuz berishi mumkin. Chunki android tizimi faqat planshet, telefon, Google Glass, Smart Watch’lar uchun yaratilgan. Sensorsiz kompyuterda esa ishlashi ko’zda tutilmagan. To’g’ri android tizimini kompyuterga o’rnatganda kompyuter sichqonchasi ishlaydi, kamchiligi ba’zi android o’yinlarini o’ynashda qiynalasiz. Bir sichqoncha bilan bir vaqtni o’zida ekranning turli joyiga bosa olmaysiz-ku! Ammo ba’zi dasturchilar buning ham yo’lini topishgan, android operatsion tizmini ishini bajara oluvchi boshqa operatsion tizimlarini ham ishlab chiqishgan. Bular:

  1. Remix OS
  2. Prime OS
  3. OpenThos
  4. Phonex OS

Bu operatsion sistemalari ham android kabi linux asosida yaratilgan va bir necha qulayliklar kiritilgan:

  • Masalalar paneli va pusk menyusi mavjud.
  • O’yin rejimi uchun maxsus klavishlar to’plami mavjud (ekranga klavishni o’rnatib qo’yib bir vaqtning o’zida ekranni turli joyiga bosa olasiz).
  • Ilovalar to’liq ekran rejimida ochilmasdan bir vaqtning o’zida bir necha ilovalardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Shuni aytib o’tish joizki, yuqorida aytib o’tilgan barcha operatsion tizimlarni Windows bilan birga ishlaydigan(dual boot) qilib o’rnatish mumkin. Bunda xohlasangiz Windowsni, xohlasangiz Androidni ishlata olasiz. Ammo ikkalasini bir vaqtda ishlata olamaysiz. Ikkalasini bir vaqtni o’zida ishlatish uchun emulyatorlardan foydalanish kerak. Ushbu operatsion tizimlarni o’rnatish, emulyatorlar haqida keyingi maqolalarimizda batafsil yozamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Sizning fikringiz

Sizning email manzilingiz uchinchi shaxsga berilmaydi.Biz sizning fikringizni inobatga olamiz *

Copyright © | Hamdullayev Elbek Akmal o'g'li | E-soft | 2019