MySQL 3-dars

MySQL 3-dars

MySQL | 996 | 2021-11-11 14:10:37

Ushbu darsda MySQL bazadan ma'lumot olishni ko'rib chiqamiz!

Eng avvalo SQL so'rovini yaratib olamiz. Ma'lumot olish uchun SELECT FROM so'rovidan foydalaniladi. Ma'lumotni qaysi ustunlar bo'yicha olishni esa SELECT va FROM o'rtasiga apostrof ichida vergul bilan ajratib yozamiz, agar barcha ustunlarni olish kerak bo'lsa * belgisini qo'yamiz:

Php dasturlash tilida result(natija)ni olish uchun mysqli_query va mysqli_fetch_assoc funksiyalaridan foydalanamiz! mysqli_fetch_assoc bizga mysqli_query da yuborilgan sql so'rovni natijasini array ko'rinishida olishga xizmat ko'rsatadi:

Natija (natijani chiroyliroq ko'rinishda ko'rish uchun Ctrl+U tugmasini bosing):

Ko'rib turganingizdek ushbu kodimiz faqat 1 ta natijani chiqarib beryapti. Barcha natijalarni olishimiz uchun mysqli_fetch_assoc ni sikl orqali takrorlab arrayga o'zlashtirishimiz kerak:

Natija:

Endi natijani ma'lum bir talablarga ko'ra olishni ko'rib chiqamiz. Masalan description Coder so'ziga teng bo'lganlarnigina chiqarishni ko'rib chiqamiz. Buning uchun bizda WHERE sql so'rovi mavjud. WHERE so'rovi uchun katta va kichik harflar farq qilmaydi (coder va Coder so'zlarini bir xil deb hisoblaydi):

Endi natijani ma'lum bir talablarga ko'ra olishni ko'rib chiqamiz. Masalan description Coder so'ziga teng bo'lganlarnigina chiqarishni ko'rib chiqamiz. Buning uchun bizda WHERE sql so'rovi mavjud. WHERE so'rovi uchun katta va kichik harflar farq qilmaydi (coder va Coder so'zlarini bir xil deb hisoblaydi):

Natijada ko'rib turganingizdek faqat description ustuni Coderga teng bo'lgan ma'lumotlarni bizga chiqarib berdi:

Endi esa ustundagi ma'lumotni ichida so'rovda berilgan so'z qatnashganlarini chiqarib beruvchi LIKE sql so'rovini ko'rib o'tamiz. WHEREning o'zida bizning matnimiz "Coder, developer" bo'lsa ham va biz faqat "coder" so'zi bilan olsak ushbu ma'lumotni olmaydi. LIKE bilan olganimizda esa ushbu ma'lumotni ham oladi. LIKE so'rovida ham WHERE so'rovi qatnashadi ammo tengligini tekshirish belgisi o'rniga LIKE yoziladi va apostrof ichida izlanadigan so'z % belgilari orasida yoziladi (agar faqat boshidagilar o'zgarsa ham topish kerak bo'lsa boshiga aks holda oxiriga % qo'yiladi):

Php kodimiz quyidagicha bo'ladi:

Natija:

Endi ma'lumotlarni saralab olishni ko'rib o'tamiz. Masalan id raqamini o'sish yoki kamayish tartibida saralash. Buning uchun ORDER BY sql so'rovi mavjud. ORDER BY so'rovidan keyin ustun nomini yozamiz va qanday tartiblashni ASC - o'shish tartibida, DESC teskari tartibda. ORDER BY so'rovda default (berilmasa qo'llaniladigan qiymat) ASC hisoblanadi, shuning uchun agar teskari tartib bo'lmasa ASC ni yozmasak ham bo'ladi. Agar teskari tartibda bo'lsa DESC yozamiz:

Php kodimizda yozib olamiz:

Natijada ko'rib turganingizdek ma'lumotlar teskari tartibda(avval 2-raqamli ma'lumot, so'ng 1-raqamli) chiqarilmoqda:

Agar ORDER BY ni WHERE yoki LIKE bilan ishlatmoqchi bo'lsangiz avval WHEREni so'ng ORDER BY ni ishlatasiz.

Doʻstlarga ulashish:

Izlash
Bo'limlar