Demak avvalgi darsda phpmyadmin bilan sql so'rovlarini, baza, table va ustunlarni yaratishni ko'rib chiqgan edik.
Bugungi darsda esa mysqlga php dasturlash tili orqali ulanib ishlatishni ko'rib chiqamiz!
Eng avvalo mysqlga ulanish kodini yozib olamiz! Ulanishni $db nomli o'zgaruvchiga saqlaymiz! Ulanish uchun mysqli kutubxonasidan foydalanamiz! Diqqat, ushbu kutubxona server tomonidan yoqib qo'yilmagan bo'lsa mysqli orqali serverga ulanolmaysiz.
MySQLi kutubxonasi orqali mysqldan foydalanish uchun ulanish sintaksisi quyidagicha:
Endi ulanishda xatolik bo'lsa uni bilib olishimiz uchun ham maxsus kod yozamiz:
Keyin mysql kodirovkasini tanlab olamiz:
MySQLi orqali jadval yaratishni ko'rib chiqamiz! Jadval yaratish SQL so'rovi quyidagicha (o'tgan darsda yaratgan jadvalimiz). Jadval yaratish so'rovi CREATE TABLE quyidagicha ishlatiladi:
Endi ushbu so'rovlarni php dasturlash tili orqali ishlatishni ko'rib chiqamiz! So'rovni $query o'zgaruvchisiga string qilib yozib olamiz va mysqli_query funsiyasi orqali buyruqlarni bajaramiz! mysqli_query bizga php dasturlash tilida sql so'rovni ishlatishni ta'minlab beradi:
MySQLi orqali bazaga ma'lumot kiritishni ham ko'rib o'tamiz! Eng avval yana SQL kodini yozib olamiz. Ma'lumot kiritish so'rovi INSERT INTO quyidagicha qo'llaniladi:
id ustuni autoincrement va qiymati null berilganligi uchun sql so'rovga kiritmadik!
Agar siz ma'lumotlarni ketma-ketlikda kiritsangiz ustunlar nomini yozmasangiz ham bo'ladi! Ammo bunda id ustunini ham qiymatini ko'rsatishimiz zarur:
So'rovni phpda ishlatish uchun yana $query o'zgaruvchiga yozib olib, mysqli_query funksiyasi orqali qo'llashimiz mumkin: