Bekor qilish

Ogoh boʻling: har qanday kompyuterni ishdan chiqaradigan fayl-bomba ishlab chiqarildi

Fayllarni arxivlab qo‘yishni yaxshi o‘ylab topishgan: kam joy oladi, internetga yuklash yo undan ko‘chirib olishda trafik va vaqt kam sarflanadi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz – arxivdagi faylni yoyganda, hajmi necha baravargacha kengayishi mumkin?

Devid Fifild (David Fifield) ismli dasturchi shunaqa antiqa zip-bomba yaratdi: arxivning hajmi atigi 46 megabayt, ammo yoyilganida u naq 4,5 petabaytlik fayllar jamlanmasiga aylanadi! Ma’lumot uchun: 1 petabayt degani – naq million gigabayt yoki ming terabaytga teng o‘lchov birligidir.

Mazkur fayl-bombani arxivdan chiqarish jarayonida prosyessor misli ko‘rilmagan darajada zo‘riqadi. Natijada kompyuter qotib qoladi, qizib ketadi va o‘chib qoladi. 4,5 petabaytlik fayl hech qanaqa disk xotirasiga sig‘masligini hisobga olsak, u har qanday kompyuterni ham ishdan chiqaradi.

Dasturchining so‘zlariga ko‘ra, u fayllarni 28 million karra siqishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda arxiv ichida fayl hajmi uncha katta bo‘lmaydi, ammo yoyish jarayonida ularning hajmi har bir bosqichda geometrik progressiya tarzida oshib boradi.

Devid Fifild ushbu zip-bombani faqat tanishtiruv maqsadlarida yaratganligini ta’kidlagan. Biroq xakerlar, yovuz niyatli kishilar biror tizimni ishdan chiqarish uchun odatda shunaqa zip-arxivlarni qo‘llashadi.

 

Manba: Terabayt.Uz

Sizning fikringiz

Sizning email manzilingiz uchinchi shaxsga berilmaydi.Biz sizning fikringizni inobatga olamiz *

Copyright © | Hamdullayev Elbek Akmal o'g'li | E-soft | 2019