HTML Hyper Text Markup Language degan ma'noni anglatadi
HTML veb-sahifalarni yaratish uchun standart belgilash tilidir
HTML veb-sahifaning tuzilishini tavsiflaydi
Oddiy HTML dokumenti:
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<title>Sahifa Sarlavhasi</title>
</head>
<body>
<h1>Birinchi sarlavham</h1>
<p>Birinchi paragrafim</p>
</body>
</html>
Eslab qoling:
<!DOCTYPE html>
deklaratsiyasi ushbu hujjat HTML5 hujjati ekanligini belgilaydi.<html>
elementi HTML sahifasining ildiz elementidir.<head>
elementi HTML sahifasi haqidagi meta-ma'lumotni o'z ichiga oladi.<title>
elementi HTML sahifasi uchun sarlavhani belgilaydi (bu brauzerning sarlavha satrida yoki sahifa yorlig'ida ko'rinadi).<body>
elementi hujjatning tanasini belgilaydi va sarlavhalar, paragraflar, rasmlar, giperhavolalar, jadvallar, ro'yxatlar va boshqalar kabi barcha ko'rinadigan tarkiblar uchun konteynerdir.<h1>
elementi katta sarlavhani belgilaydi, va ular 6ta<h1>
,<h2>
,<h3>
,<h4>
,<h5>
,<h6>
raqam kattalashgan sari undagi matn kichkina ko'rinaveradi.<p>
elementi paragrafni belgilaydi.
HTML elementi nima?
<tagname> Kontent shu yerda... </tagname>
HTML elementi deb, boshlang'ich tegdan yakuniy teggacha bo'lgan hamma narsaga aytiladi
<h1>Mening birinchi sarlavham</h1>
<p>Mening birinchi paragrafim</p>
Eslatma: Ba'zi HTML elementlarida tarkib yo'q (masalan, <br>
elementi). Bu elementlar bo'sh elementlar deb ataladi. Bo'sh elementlarda yakuniy teg yo'q!
Veb-Brauzerlar
Veb-brauzerning (Chrome, Edge, Firefox, Safari) maqsadi HTML hujjatlarini o'qish va ularni to'g'ri ko'rsatishdir.
Brauzer HTML teglarini ko'rsatmaydi, lekin hujjatni qanday ko'rsatishni aniqlash uchun ulardan foydalanadi:
HTML sahifa tuzilishi:
Eslatma: <body>
bo'limi ichidagi kontent (yuqoridagi oq maydon) brauzerda ko'rsatiladi. <title>
elementi ichidagi tarkib brauzerning sarlavha satrida yoki sahifa yorlig'ida ko'rsatiladi.