Bekor qilish

Phpda dasturlash «Salom Dunyo!»

Php dasturlash tili yuqori darajali web-dasturlash tili hisoblanadi. Bu web-dasturlash tilining fayllari .php kengaytmaga ega bo’ladi. HTML dasturlash tilida yozgan .html kengaytmali web sahifangizni ochib ko’rsangiz, ochgan brouzerningizda yozgan kodlaringizni natijasi aks etadi. Php dasturlash tilidagi web sahifani esa shunday ochib bo’lmaydi. Ya’ni php kod yozib ishga tushirsangiz, kod natijasi emas faqat yozgan kodingiz chiqadi. Masalan:

echo «Salom Dunyo!» deb yozsangiz, brouzerga ham echo «Salom Dunyo!» deb yozib chiqadi. Biz esa Salom Dunyo! deb yozishimiz kerak. Bu yozuvni aks ettirish uchun bizga server kerak bo’ladi.

Server bizga nega kerak? Php dasturlash tili to’g’ridan to’g’ri ishlamaydi. Php kod ishlashi uchun php kodni kompyuter qayta ishlashi kerak. Bu vazifani Apache server o’taydi. Keyinchalik phpni ma’lumotlar bazasiga ulab ishlatish uchun bizga MySql kerak bo’ladi. WAMP(Windows Apache MySql Php)da bularning hammasi jamlangan bo’ladi. WAMPlarga misollar:

OpenServer, WampServer, Xamp, Denwer …

Phpda dasturlash uchun oddiy bloknot yetarli bo’ladi. Ammo yaxshi kod yoza olish uchun Notepad++, Sublime Text, Php Desinger va Php Storm kabi muharrirlardan foydalanishingizni tavsiya etaman.

Masalan men OpenServer foydalanaman. Siz esa kichikroq serverdan foydalaning, masalan Denwer. OpenServerni yuklab olgach uni o’rnatamiz. So’ngra uni ishga tushiramiz. Masalalar panelida qizil rangdagi bayroqcha paydo bo’ladi. So’ngra C++ Runtime & Patches ni o’rnataymi deb so’raydi. Ha deb javob beramiz. B biroz vaqt olishi mumkin. Runtime & Patches o’rnatilgach bayroqchani bosib, chiqqan menyudan Запустить tugmasini bosamiz. Biroz kutamiz… . Bayroqcha yashil rangga kiradi. Yana bayroqchani bosib, chiqqan menyudan Мой сайты bandini bosamiz. localhost bandini tanlaymiz. Standart holda google chrome brouzeri orqali yangi oyna ochiladi. U yerda OpenServer ishlayotganligi haqida xabar beradi. Biz yangi local saytimizni yaratish uchun OpenServer o’rnatilgan katalogdagi (standart holda C:/OSPanel) domains papkasida yangi papka hosil qilamiz. Bonus yangi papka hosil qilish uchun Ctrl+Shift+N klavishlar kombinatsiyasini bosamiz. So’ngra papkamizni nomlaymiz. Masalan: php.lc. So’ng php.lc papkasining ichiga oddiy bloknot yordamida (yoki boshqa yo’l bilan) index.php faylini hosil qilamiz. OpenServer (har bir server) avvalo katalog ichidagi index.php, index.html kabi fayllarni izlaydi. Topilsa o’sha faylni ochib beradi. Siz Denwerda ishlasangiz, Denwer dasturi avval www papkasini izlaydi so’ng ichidagi index.php faylini ochib beradi. Shuning uchun biz index.php faylini hosil qildik. Bu fayl ichiga:

<?php

echo «Salom Dunyo!»;

?>

deb yozamiz. Endi OpenServerni bayroqchasini bosib, Перезапустить bandini tanlaymiz. Bayroqchani rangi avval sariq rangga kiradi. So’ngra yana yashil rangga qaytadi. Web brouzerga php.lc deb yozib ENTER tugmasini bosamiz yoki Мой сайты bandidan php.lc ni tanlaymiz. OpenServerning Apache serveri php kodni qayta ishlay boshlaydi. Brouzerda Salom Dunyo! degan yozuv aks etadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Sizning fikringiz

Sizning email manzilingiz uchinchi shaxsga berilmaydi.Biz sizning fikringizni inobatga olamiz *

Copyright © | Hamdullayev Elbek Akmal o'g'li | E-soft | 2019