Biz siz bilan o’tgan darsda pascal dasturlash tilida ekranga Salom Dunyo! yozuvini chiqarishni ko’rib chiqqan edik. O’tgan darsda o’rganganingizdek dasturni nomlash orqali boshlab olamiz. Buning uchun Program dastur_nomi; deb yozishni boshlaymiz. Biz bu dasturimizda o’zgaruvchilardan foydalanamiz, shuning uchun Begin’ni yozishdan avval o’zgaruvchilarni e’lon qilib olamiz. Yozishni boshlaymiz Var a,b:Integer; Biz hozir butun toifadagi a va b o’zgaruvchilarni e’lon qilib oldik. Davom etamiz ekranga a= degan yozuvni yozamiz. Write(‘a=’); Endi a o’zgaruvchini kiritishni so’rashimiz kerak. Buning uchun bir marotaba «Enter» tugmasini bosib ReadLn(a); deb yozamiz. B o’zgaruvchimiz uchun ham shuni takrorlaymiz. Endi ekranga natijani ya’ni a+b ni chiqarishimiz kerak. Natijani Write orqali yozamiz, hisoblashni ham shu yerda bajaramiz. Write(‘a+b=’, a+b); Bu yerda avval a+b= ekranga chiqariladi. So’ngra a+b natijasi hisoblanib ekranga chiqariladi. Ekrandagi natijani to’xtatib qolamiz ReadLn; Dasturni yakunlaymiz End.
Kod:
Program dastur_nomi;
Var a,b:Integer;
Write(‘a=’);
ReadLn(a);
Write(‘b=’);
ReadLn(b);
Write(‘a+b’,a+b);
ReadLn;
End.
Dasturni saqlab, kompilyatsiya qilamiz. Dastur ishga tushgach a sonni kiritishni so’raydi, biz sonni kiritamiz. Keyin b ni so’raydi, b ni ham kiritamiz. Ekranga a+b=natijani chiqarib beradi.
E’tiboringiz uchun rahmat!