Bekor qilish

Pascal 1-dars:»Salom Dunyo!»

Pascal dasturlash muhiti turli xil firmalar tomonidan ishlab chiqilgan. Pascalning eng keng tarqalgan versiyasi bu Borland Pascal 7.0 hisoblanadi va uning rasmi quyidagicha:

Pascal dasturlash tili ko’plab dasturlash tillarining asosi hisoblanadi. Biz ishlatayotgan yuqoridagi rasmdagi pascal integrallashtirilgan muhiti Borland firmasi tomonidan isshlab chiqilgan Pascal 7.0 versiyasi. Pascal dasturlash tilida dastur avval nomlab olinadi. Buning uchun Program dastur_nomi; deb yozishni boshlaymiz. Keyingi qatorda esa Begin so’zi qo’llaniladi. Biz o’zgaruvchilardan foydalanmaganimiz uchun Begindan oldin hech narsa yozilmaydi. Pascal dasturalsh tilida ekranga yozuv yozish uchun Write va WriteLn funksiyalaridan foydalaniladi. Write funksiyasida yozuv yozilgan joyda kursor qoladi. WriteLn funksiyasida esa kursor bir qator pastga tushadi. Dastur oxirida natijani to’xtatib qolish uchun dastur oxirida End. dan oldin ReadLn; funksiyasi qo’llaniladi. Biz ekranga Salom Dunyo! deb yozish uchun Write(‘Salom Dunyo!’); kodini yozamiz. Natijada kod quyidagicha bo’ladi:

Kod:

Program salom_dunyo;

Begin

Write(‘Salom Dunyo!’);

ReadLn;

End.

Endi dasturni ishlatib ko’ramiz. Avval Ctrl+F9 tugmasini bosib hosil bo’lgan oynada fayl nomini kiritib saqlaymiz. Faqat dastur kodi to’g’ri bo’lsagina saqlash oynasi chiqadi. So’ngra biz dastur natijasini ko’ramiz.

Mana dastur natijasi:

Alt+F9 tugmalari bosilgach dastur kompilyatsiya qilindi:

Faqat kompilyatsiya qilingan datur x32 razyadda ishlaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Sizning fikringiz

Sizning email manzilingiz uchinchi shaxsga berilmaydi.Biz sizning fikringizni inobatga olamiz *

Copyright © | Hamdullayev Elbek Akmal o'g'li | E-soft | 2019